Navro‘z sayli – ko‘tarinki ruh va ma’naviyat bayrami!

Jizzax shahri markazidagi Yoshlar shaharchasida  “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida katta xalq sayli bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbiri milliy qadriyatlar, urf-odatlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy tarzda tashkil etildi.  Ushbu saylda Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan ham mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada: 

 Navro‘z bayramiga oid adabiyotlar
 Milliy urf-odatlar va qadriyatlar
 Tarix va ma’naviyatga oid kitoblar namoyish etildi.
 Tashrif buyuruvchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 Ushbu tadbir bayram shukuhini yanada oshirib, kitobxonlikni targ‘ib qilish va yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌺 Navro‘z muborak bo‘lsin! 🌺

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top