
Joriy yilning 25-mart kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari davlat xizmatchilarida kitob o’qish ko’nikmasini shakillantirish maqsadida tumandagi Favqulotda vaziyatlar bo’limiga tashrif buyurdi bo’limda tashkil qilingan kitob burchagi bilan yaqindan tanishdi.
Davlat idoralarida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, xodimlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida turli tashkilot va muassasalarda kitob burchaklari tashkil etilmoqda.
Ushbu tashabbus orqali xodimlar bo‘sh vaqtlarida foydali adabiyotlarni mutolaa qilish, bilim va dunyoqarashlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Tashkil etilgan kitob burchaklarida badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar, joylashtirilgan. Bu esa nafaqat xodimlar, balki tashrif buyuruvchilar uchun ham kitob o‘qish imkoniyatini yaratadi
Mazkur kitob burchaklari orqali jamiyatda kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ma’naviy muhitni boyitish ko‘zda tutilgan.
![]()