
2026-yil 25-mart kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari mahallada kitobxonlik madaniyatini oshirish, onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va kitobning ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mahalla faollari, nuroniy onaxonlar hamda faol kitobxon ayollar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida onalar kitob mutolaasining inson ma’naviyati va farzandlar tarbiyasidagi muhim o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, farzandlarni yoshligidan kitob o‘qishga o‘rgatish, oilada kitobxonlik muhitini yaratish haqida suhbat olib borildi.
Ishtirokchilarga yangi kitoblar tavsiya qilinib, kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati samimiy va qiziqarli tarzda o‘tdi.
![]()