
Joriy yilning 13-aprel kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlar davlat xizmatlari markaziga tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi yangilanib, mavjud kitoblar yangi adabiyotlar bilan almashtirildi. Yangilangan kitoblar tartib asosida javonlarga joylashtirilib, kitobxonlar uchun yanada qulay sharoit yaratildi. Ushbu ishlar aholining kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida amalga oshirildi.
![]()