#Bellashuv_kitobxonlik

Joriy yilning 14-aprel sanasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida Arnasoy tumani axborot-kutubxona markazida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Adolat sotsial-demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi bilan hamkorlikda kutubxonachilar va kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida kitobxonlik bellashuvi tashkil etildi.
Mazkur bellashuv “Kitobsevar millat” g‘oyasini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga mehr va qiziqishni oshirdi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari yuzasidan o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. Tadbir davomida asar bo‘yicha qizg‘in bahs-munozaralar, tezkor savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarning adabiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top