Kitob olamida yangiliklar

Joriy yilning 14-aprel sanasida Arnasoy tumani axborot-kutubxona markazida o‘quvchilar ishtirokida “Kitob olamida yangiliklar” nomli yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh kitobxonlarni zamonaviy va yangi nashr etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari o‘rin olib, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi kitoblar haqida bata
Shuningdek, ko‘rgazma jarayonida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirish va ularni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top