

Ular Imom al-Buxoriy majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni hamda Shohi Zinda majmuasi kabi yurtimizning eng muhim ziyoratgohlari va tarixiy obidalarini ziyorat qildilar.
Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan prezident qarorlari ijrosi doirasida tashkil etilgani alohida ta’kidlash lozim. Xususan, PQ-5611-son Prezident qarori hamda PF-5781-son Prezident farmoni asosida ichki turizmni keng targ‘ib qilish, aholining tarixiy obidalar va ziyoratgohlarga sayohatini rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida tashkil etilgan bunday ziyoratlar fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Safar davomida xodimlar buyuk ajdodlarimiz merosi, ularning ilm-fan va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa ularning kasbiy faoliyatiga ham yangi ruh, ilhom va mas’uliyat bag‘ishlashi shubhasiz.
![]()