#Kutubxonaga_ekskursiya_tashkil_etildi

Joriy yilning 18-may kunida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markaziga tumandagi “Xumo” bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ekskursiya tashrifi bilan keldi. Kichkintoylar kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, bolalar uchun mo‘ljallangan rang-barang va qiziqarli kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya davomida kutubxona xodimlari tomonidan bolajonlarga sevimli ertaklardan namunalar aytib berildi. Ertak qahramonlari, kitoblar olami va bilimning ahamiyati haqidagi qiziqarli suhbatlar bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tarbiyalanuvchilar kitoblarga mehr uyg‘otib, kutubxona bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida quvnoq va samimiy muhit hukm surdi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top