
Joriy yilning 18-may kunida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Oltin Vodiy MFYda tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga tashrif buyurilib, kitobxonlar uchun mavjud adabiyotlar yangilanib, kitoblar almashtirib berildi.
Tashrif davomida mahalla aholisi va kitobsevarlar uchun badiiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda bolalar adabiyotlari taqdim etilib, kitobxonlik madaniyatini oshirish va mutolaani keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.
![]()