
Dunyoda bir maskan borki, unga bo‘lgan sog‘inch tuyg‘usi har kun, har soat qalbimizni bezovta qiladi. U yerda bizga tanish hid, onaning mehrli nazari, otaning suyangan yelkasi, farzandimizning beg‘ubor kulgusi yashaydi. Bu maskan — bizning oilamiz.Bugun oila faqatgina mehr maskani emas, balki huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan himoyalangan, barkamol avlod voyaga yetadigan, mustahkam institutga aylanmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham oilaning jamiyatdagi asosiy rolini mustahkamlab qo‘yish — bu boradagi siyosiy iroda va yetuk fikr yuritish samarasidir.Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 15-may «Butun jahon oila kuni» munosabati bilan «Oila muqaddas dargoh» mavzusida kitob kórgazmasi tashkil etildi.
![]()