
Bugun 18-may kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markaziga faol kitobxon ona va uning farzandi tashrif buyurdi. Ular kutubxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘zlari sevib mutolaa qiladigan kitoblarni o‘qishdi.
Tashrif davomida kitobxon ona farzandiga kitob mutolaasining ahamiyati, bilim olish va ma’naviy kamolotdagi o‘rni haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi.
Kichik kitobxon esa ertak va bolalar adabiyotlariga katta qiziqish bilan mutolaa qildi.
Bunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, oilada kitobxonlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
![]()