
Joriy yilning 19-may kunida
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida bibliografiya xizmati rahbari Sulaymonova Shoira tomonidan kutubxona xodimlari uchun “Elektron kataloglar turlari va ulardan foydalanish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur mahorat darsi davomida elektron kataloglarning turlari, ularning afzalliklari, axborot-qidiruv tizimidagi o‘rni hamda kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kutubxona xodimlariga elektron kataloglardan samarali foydalanish, kerakli adabiyotlarni izlash va bazalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Dars jarayonida ishtirokchilar zamonaviy kutubxona xizmatlarini rivojlantirishda elektron kataloglarning muhim o‘rni haqida fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
![]()