
Joriy yilning 19-may kuni “Yo‘l xaritasi”ning 38-bandida belgilangan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan davra suhbatlari tashkil etildi.
Davra suhbati davomida oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni, yosh avlodni mutolaaga qiziqtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyada kitobning ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, davra suhbatida faol kitobxon onalar tomonidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashilib, kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Suhbat samimiy va mazmunli ruhda o‘tkazildi.
![]()