#Zakovat_intellektual_bellashuvi_otkazildi

Joriy yilning 20-may kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tumandagi maktab kutubxonachilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kutubxonachilar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda ularning bilim va tafakkur salohiyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi qiziqarli savollarga jamoaviy tarzda javob berib, o‘zlarining bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha qatnashchilarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Intellektual o‘yin yakunida faol ishtirok etgan jamoalar e’tirof etilib, kelgusida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top