
Joriy yilning 5-iyun kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Iqboloy Umarova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda mahallalardagi faol ayollar, kitobxon onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida oilada kitobxonlik muhitini yaratish, farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni va mutolaaning inson ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida mazmunli suhbat olib borildi.
Iqboloy Umarova kitobning inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashini kengaytirishi hamda yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati va kitobxonlikni targ‘ib etishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida muallifning “Og‘ay taqdirlar” kitobi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
![]()