#Ijodiy_uchrashuv_bolib_otdi

Joriy yilning 5-iyun kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Iqboloy Umarova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda mahalla raislari, oqsoqollar, nuroniylar hamda kitobxonlar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida muallifning ijodiy faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlari va qalamiga mansub asarlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yozuvchining “Og‘ay taqdirlar” hikoyasi asosida tayyorlangan videoroligi namoyish etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Hikoyada insoniylik, do‘stlik, hayot sinovlari va taqdirning murakkab qirralari ta’sirchan tarzda yoritilgani alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv samimiy savol-javoblar, fikr almashishlar va kitobxonlar bilan muloqot ruhida o‘tdi. Tadbir yoshlarni kitobxonlikka, ma’naviy kamolotga hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top