
Joriy yilning 3-iyun kuni Arnasoy tumanidagi 5-sonli Bolalar musiqa maktabining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida mazmunli kitob ko‘rgazmasini tashkil etdilar.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, bolalar adabiyoti, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarixiy kitoblar o‘rin oldi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlar taqdim etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Hisobot konserti davomida Kitob ko‘rgazmasi tadbirning ma’naviy mazmunini yanada boyitib, yoshlarni mutolaaga qiziqtirishga xizmat qildi.
Bunday tadbirlar yosh avlodning estetik didi va ma’naviy dunyosini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
![]()