

2026-yilning 25-may kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, aholining mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida yo‘l-yo‘lakay uchragan kitobsevar fuqarolarga turli badiiy va ma’naviy-ma’rifiy kitoblar ulashildi.
Mazkur tashabbus davomida kitobxonlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, kitobning inson hayotidagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda mutolaaning foydali jihatlari haqida fikr almashildi.
Kitob ulashish orqali inson qalbiga ezgulik, ma’rifat va tafakkur nuri kirib boradi. Shu bois bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamiyatda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
![]()