#Mutolaa_sari_chorlovchi_kochma_kutubxona

Joriy yilning 8-iyun kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Moliya bo‘limida navbatdagi ko‘chma kutubxona xizmati tashkil etildi.
Xizmati davomida kitobxonlarga yangi adabiyotlar taqdim etilib, avval olingan kitoblar yangilariga almashtirildi. Xodimlar tomonidan badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi va mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni targ‘ib qilindi.
Ko‘chma kutubxona xizmati orqali kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni muntazam mutolaaga jalb etish hamda kitob fondidagi yangi adabiyotlar bilan tanishtirish maqsad qilindi.
Tuman Moliya bo‘limi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni tanlab olib, mutolaa uchun qabul qildilar. Bunday tadbirlar aholi va tashkilotlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top