
ARNASOY TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
va
O‘ZBEKISTON MAHALLALAR UYUSHMASI ARNASOY TUMAN BO‘LINMASI
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida
Ushbu memorandum tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish hamda mahalla institutlari bilan axborot-kutubxona xizmatlarini integratsiya qilish maqsadida tuzildi.
📌 Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi:
— Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish
— Ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni birgalikda tashkil etish
— Axborot-resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish
— Mahallalarda kutubxona xizmatlarini kengaytirish va rivojlantirish
🤝 Mazkur memorandum tomonlarning o‘zaro ishonch, tenglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
📅 Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va tomonlar kelishuviga ko‘ra amal qiladi.
![]()