RASMIY XABAR

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Arnasoy tuman Yoshlar ishlari bo‘limi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida muhim memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

🤝 Hamkorlik doirasida:
• turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
• yoshlar uchun trening va seminarlar;
• kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan aksiyalar;
• iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari tashkil etiladi.

Ushbu kelishuv hududda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top