
15-aprel kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida 22-maktabning 7- sinf o’quvchilari o’rtasida O’zber adabiyotining yorqin namoyondasi Odil Yoqubovning qalamiga mansub «Er boshiga ish tushsa» romani 60-yil to’lgani munosabati bilan «Asarlarda aks etgan hayot haqiqatlari» nomli davra suhbati bo’lib tadbir davomida asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan hayotiy voqealar hamda yozuvchining o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kitobxonlarga Odil Yoqubovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolari taqdim etildi.
Mazkur davra suhbati kitobxonlarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, yoshlarni mutolaaga chorlash hamda milliy adabiyotimiz durdonalarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
![]()