
2026-yil 17-aprel kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitobsevar millat” shiori ostida yana bir mazmunli tadbir tashkil etildi.
Yoshlar o‘rtasida bilim va tafakkurni oshirish, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida viktorina savol-javoblari tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar turli adabiyot va umumiy bilimlarga oid savollarga javob berib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy o‘tgan viktorina ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
![]()