
Joriy yilning 11-iyun kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 8-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan bolalar yozgi oromgohida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Suhbat davomida oromgoh ishtirokchilariga kutubxona fondidagi qiziqarli badiiy adabiyotlar, ertak va hikoyalar, bolalar uchun mo‘ljallangan yangi kitoblar tanishtirildi. Mutaxassislar tomonidan kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda kitobxonlikning tutgan o‘rni haqida suhbatlar olib borildi.
Yosh kitobxonlar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari haqida fikr almashib, turli savol-javoblar va kitob tavsiyalarida faol ishtirok etdilar.
“Dolzarb 90 kun” dasturi yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni kitobxonlik, ma’naviyat va ijodga keng jalb etishga qaratilgan bo‘lib, bunday tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.
![]()