

2026-yilning 9-iyu kuni
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida kitobxonlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, turli yo‘nalishdagi adabiyotlarni mutolaa qilmoqdalar.
O‘quv zalida yaratilgan qulay sharoitlar kitobxonlarga ilmiy, badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishish, bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitish imkonini bermoqda. Yoshlar va katta yoshdagi kitobxonlar o‘z qiziqishlariga mos kitoblarni o‘qib, foydali ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.
Kitob mutolaasi inson tafakkurini yuksaltiradi, ma’naviy dunyosini boyitadi hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu bois Axborot-kutubxona markazi kitobxonlar uchun zarur sharoitlarni yaratib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Kitob o‘qigan insonning kelajagi porloq, ma’naviyati esa yuksak bo‘ladi.
![]()