
2026-yil 13–17-aprel kunlari Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan **“Kitobxonlik haftaligi”**ning tantanali ochilish marosimi Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda nuroniylar, faol kitobxonlar, yoshlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, uning tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
📖 Nuroniylar o‘z hayotiy tajribalari asosida kitob mutolaasining ahamiyatini yoritib bersa, faol kitobxonlar sevimli asarlari va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
🎤 Tadbir davomida she’rxonlik, kitoblar taqdimoti hamda madaniy chiqishlar tashkil etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
✨ Ushbu haftalik doirasidagi tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
![]()