
Joriy yilning 10-aprel kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlar texnikumida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi yangilandi, mavjud kitoblar yangi va dolzarb adabiyotlar bilan to‘ldirildi. Yangilangan kitoblar mazmuni hamda yo‘nalishiga ko‘ra saralanib, tartib asosida javonlarga joylashtirildi.
Mazkur yangilanish o‘quvchilarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ta’lim jarayonini sifat jihatidan boyitishga xizmat qiladi.
Kelgusida ko‘chma kutubxona fondini muntazam ravishda boyitib borish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish ishlari davom ettiriladi.
![]()