“Kitobsevar kutubxonachi” loyihasi

“Kitobsevar kutubxonachi” loyihasi – 1-chorak bosqichi
Kitobga mehr, ma’naviyatga e’tibor – jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda “Kitobsevar kutubxonachi” loyihasining 1-chorak bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur bosqich Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Arnasoy tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida kutubxonachilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazib, kitobxonlikni rivojlantirish, aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish borasida o‘zaro fikr almashdilar.
📚 Bellashuv jarayoni qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tib, eng faol va bilimdon kutubxonachilar aniqlandi.
📖 Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar loyiha mazmunini yanada boyitdi.
Mazkur loyiha kitobxonlikni targ‘ib etish, kutubxonachilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top