#Kitobsevar_millat #Kitobxonlik_haftaligi

2026-yil 16-aprel kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitobsevar millat” shiori ostida yana bir mazmunli tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida uyushmagan yoshlar hamda texnikum yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini namoyon etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida yoshlar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi. Tadbir davomida samimiy muhit, yuqori kayfiyat va bilimga chanqoqlik ustuvor bo‘ldi.
Mazkur intellektual o‘yin yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top