
Joriy yilning 21-may kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Moliya bo‘limida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga navbatdagi tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida kitobxonlar uchun yangi badiiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ommabop adabiyotlar olib borilib, ko‘chma kutubxona fondi yangilandi.
Mutolaa ixlosmandlari uchun taqdim etilgan yangi kitoblar xodimlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida suhbatlar olib borildi.
Bunday ko‘chma kutubxonalar aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
![]()