

Joriy yilning 26-may kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Oltin Vodiy MFY hududida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga tashrif buyurilib, kitob fondlari yangilandi hamda mavjud adabiyotlar almashtirib kelindi.
Tashrif davomida mahalla aholisi, yoshlar va kitobxonlar uchun badiiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda bolalar adabiyotlaridan iborat yangi kitoblar taqdim etildi. Ko‘chma kutubxona xizmatining asosiy maqsadi — aholining kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish va chekka hududlarda ham kitobga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan iboratdir.
Mahalla aholisi tomonidan ushbu tashabbus iliq kutib olinib, kutubxona xodimlariga o‘z minnatdorchiliklari bildirildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kitobxonlikni rivojlantirish va yosh avlodning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
![]()