
2026-yil 8-iyun kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markaziga kitobxonlar ekskursiya tashrifi bilan keldilar. Ekskursiya davomida kitobxonlar kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, elektron xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Kutubxona xodimlari tomonidan kitoblarning saqlanish tartibi, kitoblarni qidirish va ulardan foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitobxonlar uchun tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari namoyish etilib, yangi adabiyotlar tavsiya qilindi.
Tashrif davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kutubxona xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar bilan tanishdilar.
Bunday ekskursiyalar yoshlar va kitobxonlarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga mehr uyg‘otish hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
![]()